Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Mening bog‘cham” loyihasining ovoz berish jarayoni boshlanganini e’lon qildi. Ovoz berish bosqichi 25-oktabr kuni soat 10:00 ga qadar davom etadi.
“Ochiq budjet” portalida “Mahalla budjeti” bo‘limi ishga tushirildi. U orqali mahallalar kesimida Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasiga o‘tkazilgan mablag‘lar va ularning sarflanishini kuzatish mumkin.
Texnik nosozliklar sabab “Ochiq budjet” portalida ovoz berish jarayonlari vaqtincha to‘xtatiladi va 16-mart soat 00:00 dan boshlab davom ettiriladi, deya xabar berdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Ayni vaqtda mutaxassislar kamchiliklarni bartaraf etish ustida ishlamoqda.
Budjetdan “Yashil makon” loyihasiga ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi “Ochiq budjet” portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bog‘im” loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Bunda “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish rejalashtirilgan.
“Mening yo‘lim” loyihasining 2023-yilgi mavsumiga ovoz berish yakunlandi. Jami 517 ta loyiha g‘olib deb topildi, endi ularga 412 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi. Joylarda fuqarolar bayram qilishni boshlab yubordi.
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida o‘quvchilari «Ochiq budjet» loyihasida ovoz to‘plashga SIM-karta sotib olish uchun pul yig‘ishga jalb qilingan maktab direktori ishdan bo‘shatildi. Viloyat hokimi haqiqatan ham ehtiyoj bo‘lsa, maktabni mahalliy budjet hisobidan jihozlash bo‘yicha topshiriq berdi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli budjet” bo‘yicha ovoz berish boshlanganini e’lon qildi. Fuqarolar infratuzilmani yaxshilash, yo‘llar qurish, maktablarni ta’mirlash va boshqa loyihalarga ovoz berish orqali mahalliy budjetning jami 1,7 trln so‘mlik qismini taqsimlashda ishtirok etishi mumkin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tashabbusli budjetlashtirishning yangi mavsumi boshlanganini e’lon qildi. Unda fuqarolar infratuzilma, yo‘l, maktab va boshqa obyektlarni yaxshilash bo‘yicha loyihalarni taklif etib, mahalliy budjetning bir qismini taqsimlashda ishtirok etadi. Takliflar 26 fevralgacha qabul qilinadi.
Prezident qarori bilan tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarida 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, ammo g‘olib deb topilmagan 364 ta loyihaga qo‘shimcha 335 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
Toshkent shahri va 7 ta hudud hokimiyatlari ochiq ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid ravishda mahalliy budjetlarning ijrosi va birinchi chorakda mablag‘larni yo‘naltirish maqsadlari to‘g‘risidagi axborotlarni joylashtirmagan. Ular Antikorrupsiya agentligi tomonidan ogohlantirildi.
Prezident qarori bilan «Ochiq budjet» portalida tashabbuskor budjet doirasidagi 139 ta loyihani moliyalashtirish uchun qo‘shimcha 85,4 mlrd so‘m yo‘naltirildi. Gap har biri 2000 dan ortiq ovoz olgan (jami 480 mingdan ortiq ovoz), lekin ovoz berish jarayonida g‘olib deb topilmagan loyihalar haqida bormoqda.
2022 yil yakuniga umumiy davlat qarzi 33,5 mlrd dollar yoki YAIMga nisbatan 45,2 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Shundan, davlat tashqi qarzi 30,4 mlrd dollarni yoki YAIMga nisbatan 41 foizni tashkil etadi. 2022 yilda kutilayotgan budjet taqchilligining 66 foizi tashqi manbalar hisobidan qoplanishi mo‘ljallanmoqda.
Prezident 1 oktabrgacha «Ochiq budjet» axborot portalidagi takliflar soni 100 tadan ortiq bo‘lgan tuman va shaharlarga qo‘shimcha 59,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratish bo‘yicha qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, 2022 yildan ichki yo‘llarni ta’mirlashga ajratiladigan 50 foiz mablag‘ «Ochiq budjet» axborot portalida aholi ko‘p ovoz bergan hududlarga yo‘naltiriladi.
Qariyb 900 ta loyiha tashabbusli budjet bo‘yicha ovoz berishda g‘olib deb topildi, biroq ularning ayrimlari jamoatchilikda savollar va manipulyatsiyaga yo‘l qo‘yilgan, degan shubhalarni keltirib chiqardi. Jumladan, Chilonzor tuman hokimligida oshxona qurish, sektor shtabini ta’mirlash va obodonlashtirish xizmati xodimlari uchun asbob-uskunalar sotib olish bo‘yicha loyihalar kam ovoz bilan g‘olib bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting